Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo‘ldi

Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo‘ldi

Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Bokuda o‘tayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichini ham medal bilan yakunladi. Hamyurtimiz tayanib sakrash dasturida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ikki urinish natijasiga ko‘ra, Oksananing chiqishi hakamlar tomonidan 13.433 ball bilan baholandi. Yurtdoshimiz faqatgina Fransiyalik Kolin Devallardan kamroq ball to‘pladi. Shu tariqa, sportchimiz qatorasiga uchinchi bor Jahon kubogida shohsupaga ko‘tarilmoqda. Bundan avvalgi bosqichlarda u bronza medallariga sazovor bo‘lgan edi.

Tayanib sakrash, ayollar:

Kolin Devallar (Fransiya) – 13.683
Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 13.433
Linmin Yu (Xitoy) – 13.383

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring