OFK Prezidenti Shayx Salmon Toshkentga keldi
Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa tashrif buyurdi. Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida mehmonni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi mutasaddilar kutib olishdi.
Shayx Salmon 26-sentabr kuni OFK Ijroqo‘mining ilk marotaba Toshkentda o‘tkazilayotgan yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan. Shuningdek, OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon ham yetib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter