OFK prezidenti O‘zbekiston OTJ finalga yo‘l olgani bilan Umid Ahmadjonovni tabrikladi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa O‘zbekiston OTJ Osiyo chempionati finaliga yo‘l olgani munosabati bilan O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovga tabriknoma yubordi.
Tabriknomada shunday yozilgan:
«Hurmatli Umid Ahmadjonov! Men mamnuniyat bilan Sizni va Siz orqali butun o‘zbek futboli jamoatchiligini Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionati finali yo‘llanmasi bilan tabriklayman. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining barcha a’zolariga ham mening tabrigimni yetkazib qo‘ying. 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati finalida omad yor bo‘lishini tilayman.
Hurmat bilan Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa, OFK prezidenti».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter