Nodirbek Abdusattorov Bokudagi turnirda muddatidan avval g‘alaba qozondi
Nodirbek Abdusattorov Bokudagi shaxmat bo‘yicha Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan VIII xalqaro turnirda yetakchilik qilayotgani haqida xabar bergandik.
Bugun Nodirbek Abdusattorov, rapid yo‘nalishidagi musobaqalar tugashiga bir tur qolganida, 8-turda ruminiyalik Rixard Rapport bilan durang o‘ynab, muddatidan avval turnir g‘olibi bo‘ldi.
Rapid bo‘yicha amaldagi jahon chempioni, Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi Nodirbek Abdusattorovni navbatdagi zafar bilan tabriklaymiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter