Nikita Rafalovich ikki karra jahon chempionini mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarini muvaffaqiyatli o‘tkazayotgan Nikita Rafalovich (-80 kg) navbatdagi bellashuvini ishonchli yakunlab oldi.
Chorak finalda vakilimizga ozarbayjonlik Milad Begi raqiblik qildi. So‘nggi 2 jahon chempionatlarining g‘olibi, Rio-2016 sovrindoriga qarshi kechgan jang Rafalovichning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa vakilimiz chempionlik sari navbatdagi dadil qadamni tashladi.
Hamyurtimiz endi yarim finalda misrlik Seif Issaga qarshi dayanga chiqadi. Bo‘lg‘usi bellashuvda Nikitaga omad tilab qolamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter