Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nikita Rafalovich va Feruza Sodiqova jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi!

Nikita Rafalovich va Feruza Sodiqova jahon chempionatida sovrindor bo‘lishdi!

Taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli yakunlandi.

Unda bahs olib borgan vakillarimiz Nikita Rafalovich (-87 kg) hamda Feruza Sodiqova (-62 kg) bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Har ikki vakilimiz yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tishdi. Biroq final uchun kechgan bahslarda Rafalovich serbiyalik Mehdi Hodabaxshiga, Sodiqova esa gretsiyalik Teopoula Sarvanakiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring