Neymar «PSJ»ga sobiq ustozi murabbiy bo‘lishini istamoqda
Parijning «PSJ» futbol klubi superyulduzi Neymar jamoaning yangi bosh murabbiyi haqida fikr bildirib, Antonio Kontening nomzodini uncha yoqlamayotganini aytdi.
Braziliyalikning fikricha, «Barselona» sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike parijliklar uchun eng optimal tanlov bo‘ladi. U bu istagini klub xo‘jayinlariga ham yetkazgan.
Eslatib o‘tish kerak, hozirgi bosh murabbiy Unai Emeri 2016-yilda «PSJ» bosh murabbiyi bo‘lgan. Luis Enrike esa ayni paytda ishsiz yuribdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter