Nadiya Dusanova Fransiyada sovrindor bo‘ldi
Kecha Fransiyaning Obonn shahrida yengil atletikaning balandlikka sakrash yo‘nalishida navbatdagi xalqaro musobaqa tashkil qilindi.
Ushbu turnirda hamyurtimiz Nadiya Dusanova ham ishtirok etdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Osiyoning uch karra chempioni mazkur turnirda 190 sm balanlikni zabt eta oldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Musobaqaning oltin medali 193 sm ga sakray olgan Katarina Tompsonga nasib qildi. Ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Levar Spenser ham huddi shunday natija ko‘rsata oldi va kumush medal sohibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, sportchimiz 7 fevral kuni Brno shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda 192 sm balandlikka sakrab, oltin medal sohibiga aylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter