«Milan» hujumchisi bedarak yo‘qoldi
Shvetsiyaning «Norcheping» klubida ijara asosida to‘p surayotgan «Milan» hujumchisi Emil Robak bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar bermoqda.
Qarindoshlari va klub vakillari futbolchining so‘nggi 14 kun ichida qayerda ekanligi haqida hech narsa bilishmaydi.
Futbolchi mashg‘ulotlarga kelmayapti va u bilan bog‘lanib bo‘lmayapti.
«Men u bilan hammasi joyida ekanini bilishga urinyapman. Robakka ko‘p marta qo‘ng‘iroq qilishga urindim, lekin buning imkoni bo‘lmadi. Uning qaytishiga umidimni yo‘qotmayman», dedi «Norcheping» sport direktori Toni Martinsson.
«Milan»ning Shvetsiya klubi bilan ijara shartnomasi noyabr oyi boshida tugaydi, shundan so‘ng 20 yoshli futbolchi Italiya jamoasiga qaytishi shart.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter