Messi va Ronaldu yana to‘qnashadi

Argentinalik futbolchi Lionel Messi to‘p suradigan «Inter Mayami» Ar-Riyoddagi o‘rtoqlik turnirida Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Saudiyaning «An-Nasr» klubi bilan bahs o‘tkazadi.
Bu haqda AQSh klubi taqdim etgan ma’lumotda xabar berilgan.
Turnirda «Al-Hilol» ham ishtirok etadi. Turnir tashkilotchilari Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi jamoalari o‘rtasidagi bo‘lajak qarama-qarshilikni «So‘nggi raqs» deb atadi.
Turnirning aniq nomi hozircha nomalum.
Messi 2023-yilning yozida PSJda ikki yil o‘ynaganidan so‘ng «Inter Mayami»ga ko‘chib o‘tdi. 20-avgust kuni argentinalik Amerikadagi ilk sovrin – Liga kubogini qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter