Messi yangi samolyot sotib oldi (foto)

Kataloniyaning «Barselona» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘z yurtiga borib-kelishi uchun yangi samolyot sotib oldi. Futbolchi rafiqasi va farzandlari bilan Ispaniyada yashaydi va Argentinaga vaqti-vaqti bilan borib turishadi.

Messi Gulfstream V modelidagi samolyotni xarid qildi, uning narxi — 15 million dollar atrofida. Samolyot bortida 16 o‘rindiq (ular 8ta karavotga transformatsiya bo‘ladi), ikkita vannaxonasi va ikkita oshxonasi bor. Dum qismida 10 raqami tushirilgan (Messining klub va termadagi o‘yin raqami), trap zinalarida esa futbolchi oila a’zolarining ismlari tushirilgan: Leo, Antonella, Tyago, Kiro va Mateo.
Layner fotosi Urgente24.com twitter-akkauntida e’lon qilindi.
Llegó el avión de Leo Messi. pic.twitter.com/BTD6Kn5Gwn
— Urgente24.com (@U24noticias) 7 dekabrya 2018 g.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter