Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi 1 milliardlik taklifni rad qildi

Messi 1 milliardlik taklifni rad qildi

Argentinalik hujumchi Lionel Messi unga «Barsa»dan rasmiy taklif bo‘lmaganini, shu sabab «Inter Mayami»ga o‘tayotganini tasdiqladi.

«Moliyaviy masalalar men uchun hech qachon muammo yoki to‘siq bo‘lmagan. Biz «Barsa» bilan shartnomani muhokama qilmadik. Hech qanday rasmiy, yozma taklif yo‘q edi. Hech narsa yo‘q edi. Niyat bor edi, lekin oldinga siljiy olmadik, pul haqida ham rasman gaplashmadik.

Agar gap pulda bo‘lsa, Arabistonga yoki boshqa joyga ketardim. Saudiyaliklarning taklifi menga juda katta puldek tuyuldi va haqiqat shuki, qarorim pul emas, boshqa sabablarga ko‘ra qabul qilindi», — dedi Messi.

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi futbolchi uchun ikki yilga 1 millard dollarlik shartnoma taklif qilgandi.

Ma’lumot uchun, «Inter Mayami»ning egalaridan biri angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekhem hisoblanadi. Klub MLS sharqiy mintaqasida 16 o‘yindan keyin 15 ochko bilan so‘nggi 15-o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring