Boks. Menni Pakyao va Errol Spens jangi bekor qilindi
Sakkizta vazn bo‘yicha boks sobiq chempioni Menni Pakyao va WBC va IBF yo‘nalishlari chempioni Errol Spens o‘rtasidagi jang bekor qilindi. Bu haqda «CBS» xabar berdi.
Jangning bekor qilinishiga Errol Spensning ko‘zidan olgan jarohati sabab bo‘lgan. Filippinlikning keyingi raqibi tajribali Yordenis Ugas bo‘lishi kutilyapti.
«Men jangni intiqlik bilan kutayotgandim. Afsuski, shifokorlar chap ko‘zimdagi jarohatni operatsiya qilishim kerakligini va bu holatda ko‘zlarim bilan kurashishning iloji yo‘qligini aytishdi. Afsusdaman», — degan Errol Spens.
«Birinchi navbatda men hammadan Errol Spensning to‘liq sog‘ayib ketishi uchun ibodat qilishlarini so‘rayman»,— dedi Pakyao.
Spens - Pakyao o‘rtasidagi boks kechasi 21-avgust kuni Las-Vegas shahrida o‘tkazilishi kerak edi. Pakyao so‘nggi jangida (2019-yil) Kit Turmanni mag‘lub etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter