Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bokschi Menni Pakyao prezident bo‘lmoqchi

Bokschi Menni Pakyao prezident bo‘lmoqchi

Foto: Sportbox.ru

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni, Menni Pakyao Filippin prezidentligiga o‘z nomzodini ko‘rsatdi.

Bu haqda CNN telekanali ma’lum qildi.

Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo‘lgan Pakyao Filippindagi hukmron PDP-Laban (Filippin Demokratik Partiyasi — Xalq Qudrati) partiyasi fraksiyasi tomonidan 2022-yilgi prezidentlik saylovlariga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, 42 yoshli Pakyao 2016-yildan buyon senator bo‘lib ishlab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, filippinlik bokschi avgust oyida WBA kamari sohibi Yordenis Ugasga mag‘lub bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring