Menni Pakyao katta ringga qaytmoqda

Professional boks afsonalaridan biri hisoblangan 8 vaznda jahon chempioni, hozirda yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) faoliyat olib borayotgan filippinlik Menni Pakyao (62-7-2, 39KO) 2 yildan ortiqroq tanaffusdan so‘ng yana katta ringga qaytmoqda.
Bu safar unga mazkur vaznda WBA va IBF chempioni, mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Errol Spens (27-0, 21KO) raqiblik qiladi.
Bahs 21 avgust kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las-Vegas shahrida o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter