Maradonaning o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi
Argentinalik mashhur futbolchi Diyego Maradona o‘tkir yurak yetishmovchiligidan vafot etgan. Bu haqda mamlakatning TN telekanali ma’lumot bergan.
«Diyego Maradona tibbiy xulosaga ko‘ra o‘tkir yurak yetishmovchiligidan vafot etdi», - deyiladi telekanalda.
Shuningdek, Maradonada «o‘tkir o‘pka shishi» rivojlanishi qayd etilgan.
Jahon futbolida muhim o‘rin tutgan sportchi «Napoli» va «Barselona»ning yorqin yulduzi sanaladi. Shuningdek u Argentina termasiga ustozlik qilgan.
Kuni kecha hayotdan ko‘z yumgan Maradona avvalroq, yurak operatsiyasinini ham o‘tkazgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter