Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madriddagi «el klasiko»ni «Real» o‘z foydasiga yakunladi

Madriddagi «el klasiko»ni «Real» o‘z foydasiga yakunladi

Ispaniya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan markaziy bahs — «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga yetdi.

Birinchi bo‘limda «Barsa» himoyasidagi bo‘shliqlardan unumli foydalanib, darvozaga yo‘l topa olgan Karim Benzema va Federiko Valverde madridliklarni oldinga olib chiqishdi.

Ikkinchi taym oxirlarida Ferran Torresning javob goli o‘yin shiddatini qaytargandek edi. Biroq Rodrigo qo‘shib berilgan daqiqalardagi o‘n bir metrlik jarima zarbasi bilan o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Xavi boshqaruvidagi «Barselona» La Liga doirasida mehmondagi ilk mag‘lubiyatga uchradi.

«Real» ochkolarini 25 taga yetkazib, karvonboshiga aylandi, «Barselona» hisobida 22 ochko bor.

Ispaniya chempionati, 9-tur

«Real» — «Barselona» — 3:1

16-oktyabr, «Santyago Bernabeu»

Gollar: Benzema (12), Valverde (35), Rodrigo (90+1, penalti) — Torres (83).

«Real» — Lunin, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi, Ryudiger, Modrich (Kamavinga, 78), Kroos, Tchuameni, Valverde, Benzema, Vinisius (Rodrigo, 85).

«Barselona» — Ter Stegen, Roberto, Kunde, Garsiya, Balde (Alba, 60), Buskets (Gavi, 60), De Yong, Pedri (Kessie, 83), Levandovski, Dembele (Fati, 73), Rafinya (Torres, 60).

Ogohlantirishlar: Vinisius (30), Modrich (75), Gavi (81).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring