Londondagi uchrashuv taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi
«Arsenal» Yevropa Chempionlar Ligasining chorakfinal ishtirokchisiga aylandi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida londonliklar tarkibida Trossard hisobni ochdi va ushbu hisob asosiy vaqtda ham, qo‘shimcha taymlarda ham saqlanib qoldi.
Jamoalarni birinchi bahsida ham shu hisob qayd etilgandi. Shu sabab navbat penaltilar seriyasiga keldi. Unda omad maydon egalariga kulib boqdi.
«Arsenal» – «Portu» 1:0 (penaltilar seriyasi: 4:2)
Gol: 1:0 – 41 Trossard.
«Arsenal»: Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Kiver (Zinchenko, 105), Jorjino (Gabriel Jezus, 83), Edegor, Rays, Havers, Trossard (Nketia, 105), Saka.
«Portu»: Diogu Koshta, Joau Mariu (Sanches, 86), Pepe, Otavio, Vendell, Niko Gonsales (Eushtakiu, 101), Varela (Gruyich, 90), Pepe Akino, Galeno, Fransishku Konseysau (Gonsalu Borjesh, 101), Evanilson (Taremi, 88).
Ogohlantirishlar: Saliba (39), Arteta (68), Pepe (73), Konseysau (78), Havers (116).
Avvalroq «Barselona» chorakfinalga yo‘l olgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter