Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu navbatdagi jahon rekordini yangiladi

Krishtianu Ronaldu navbatdagi jahon rekordini yangiladi

«An-Nasr» klubining portugaliyalik hujumchisi navbatdagi jahon rekordi sohibiga aylandi.

30 avgust kuni Krishtianu Ronaldu rasman milliy chempionatlarda raqib darvozasiga urilgan gollar soni bo‘yicha rekordchiga aylandi. Bu haqda Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) matbuot xizmati xabar berdi.

Bu natija portugaliyalik futbolchiga 30 avgustga o‘tar kechasi «Al-Shabob» bilan o‘yinda raqiblar darvozasiga ikkita to‘p yo‘llaganidan so‘ng berildi. Ronaldu shu kuni 516 va 517-gollarini kiritdi.

Shu tarzda Ronaldu sobiq chempionlar Yozef Bitsan va Ferens Pushkashni ortda qoldirdi. Ular milliy liga o‘yinlarida 515 tadan gol urishgan.

Qayd etish joizki, ushbu reytingda mintaqaviy ligalardagi gollar kiritilmagan, statistikada faqat milliy ligalar hisobga olingan. Shuning uchun reytingda, masalan, Pele reytingda yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring