Konferensiyalar ligasi o‘yini qoldirildi — nemis muxlislari aybdor
Konferensiyalar ligasining bugun o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Nitssa» (Fransiya) – «Kyoln» (Germaniya) o‘yini qoldirildi. Bunga nemislar aybdor.
O‘yingacha mehmon jamoa muxlislari «Alyans Rivera» stadionida tartibsizliklar keltirib chiqarishgan, o‘rtaga politsiya aralashgan.
Oqibatda bugun, soat 21:45 (Toshkent vaqti)da boshlanishi kerak bo‘lgan o‘yin qoldirildi.
Fransuz manbalariga ko‘ra, nemis jamoasi ultraslari (ashaddiy fanatlari) «Nitssa» muxlislari o‘tirgan sektorga o‘tishga urinishgan. Bir muxlis tribunadan pastga yiqilgan. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gazni qo‘llab, tartibsizlikni bostirishga uringan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter