Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karlsen: «Nodirbek uchun afsusdaman»

Karlsen: «Nodirbek uchun afsusdaman»

Shaxmat bo‘yicha 16 karra va amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen o‘tgan kuni yakunlangan superturnir natijalari haqida fikr bildirdi.

«Nodirbekka achinaman. U butun turnir davomida peshqadam bo‘ldi. Bu juda qiyin. Katta tajribaga ega bo‘lsangiz ham, turnir davomida yetakchi bo‘lib turish juda murakkab. Men unga hamdardman.

Anish (Giri)ga kelsak, u ko‘p narsalarni buzdi (kuladi). Ha, u turnirda g‘olib chiqdi va uzoq vaqtdan beri birinchi marta meni mag‘lub etdi. Mening olqishlarim! U ko‘p marta bunga juda yaqin bo‘lgan va menimcha, bu safar omad u tomonda bo‘ldi», dedi Karlsen.

Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik grossmeyster Anish Giri superturnir g‘olibi bo‘ldi. Turnir davomida peshqadamlik qilgan Nodirbek Abdusattorov o‘zining so‘nggi o‘yinida sensatsion tarzda Yorden van Forestga yutqazib qo‘ydi va ikkinchi o‘rinni qayd etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring