Kamerun – Komor orollari o‘yiniga kelgan 6 nafar muxlis halok bo‘ldi
Afrika Millatlar kubogi 1/8 finali, Kamerun Komor orollari o‘yini arafasida Yaundedagi «Pol Bia» stadioniga kiraverishda fojia yuz berdi.
Kamerun mezbonlik qilayotgan o‘yinni bevosita tomosha qilish uchun kelgan minglab muxlislar stadion darvozalari oldida to‘planib qoldi, tiqilinchda olomonning oyog‘i ostida qolib ketgan kamida 6 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Mahalliy OAV xabar berishicha, jarohat olgan 20 ga yaqin kishi kasalxonalarga olib borilgan, ular orasida bolalar ham bor.
Dahshatli fojiaga qaramay, o‘yin belgilangan paytida, mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da boshlandi. Kamerun — Komor orollari — 2:1. Mezbonlar keyingi bosqichda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter