Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kadis» va «Barselona» o‘yini vaqtida muxlis yurak xurujiga uchradi

«Kadis» va «Barselona» o‘yini vaqtida muxlis yurak xurujiga uchradi

Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida «Kadis» o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qildi.

Uchrashuvning so‘nggi o‘n daqiqaligi boshlangan vaqtda bosh hakam maydon chetiga yugurib chiqib, tribunadagi muxlislardan biri o‘zini yomon his qilganini ko‘rsatdi va o‘yinni to‘xtatdi.

«Kadis» darvozaboni Ledesma tribunada tibbiy guruhga defibrilator olib borib berdi. O‘yinchilar Serro Grandening o‘yinni davom ettirish qarorini kutish uchun kutib turishdi, biroq 102-daqiqada hakam jamoalarni kiyinish xonasiga yubordi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvga tashrif buyurgan keksa muxlislardan birining yuragi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Bemorning hayoti saqlab qolingan va u shifoxonaga yuborilgan.

Karlos Del Serro Grande o‘yinni to‘xtatganida hisob 2:0 hisobida «Barselona» foydasiga hal bo‘lib turgandi. 

Bir soatga yaqin vaqt o‘tib o‘yin davom ettirildi. Qolgan 10 daqiqa ichida kataloniyaliklar yana ikki gol urishdi.

Kadis – Barselona 0:4

Gollar: 0:1 – 55 de Yong, 0:2 – 65 Levandovski, 0:3 – 86 Fati, 0:4 – 90 Dembele.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring