JCh stadionlarini qurishda majburiy mehnat aniqlandi
Qatarda o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati ijroiya qo‘mitasi sport inshootlarini qurishda mehnat qonunchiligini buzgan 3 ta kompaniyani aniqlagan.
Bugun e’lon qilingan hisobotda aytilishicha, shu 3 ta qurilish kompaniyasi ishchilarni dam olish kunisiz ishlatib, majburiy mehnatga jalb qilgan. Hisobotga ko‘ra, ushbu 3 kompaniya «qora ro‘yxat»ga kiritilgan va keyinchalik ular bilan hech kim shartnoma tuzolmaydi.
Shuningdek, FIFA Qatar mehnat vazirligiga bundan keyin mehnat muhofasini doimiy nazoratga olishni ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionati shu yil noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter