JCh-2018. Angliya Panama termasini yirik hisobda tor-mor keltirdi
JCh-2018 musobaqasi G guruhi 2-tur uchrashuvidan o‘rin olgan Angliya hamda Panama terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda inglizlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Uchrashuv kutilganidek Angliyaning hujumlari bilan boshlandi. O‘yinda Jon Stouns 2 ta, Harri Keyn 3 ta va Jessi Lingard 1 ta ajoyib gol kiritdi.
Panama vakillari esa JCh tarixida ilk marta gol urishga erishdilar va qaysidir ma’noda tarixga kirdilar. Muxlislar ham shunga yarasha bayram qilishdi.
Shuningdek, to‘purarlar bahsida Harri Keyn Krishtianu Ronaldu va Romelu Lukakudan o‘zib ketib, gollari sonini 5 taga yetkazib oldi.
Ayni paytda guruhni kim birinchi o‘rinda yakunlashi ko‘pchilikni qiziqtiryapti. Chunki to‘plar nisbati Belgiyada ham, Angliyada ham 8-2 bo‘lib qoldi. O‘zaro o‘yin 3-turga belgilangan. Demak, sariq kartochkalar hisoblanadi. Belgiya futbolchilari 1-turda 3 ta sariq olgan, Angliya esa bugun bitta sariq kartochka ishlab oldi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ayni paytda 2-turni Angliya terma jamoasi birinchi o‘rinda yakunladi.
Yana bir qiziq holat: bu yilgi JChda Angliya chempion bo‘lib ketishi mumkin. Negaki, Xosep Gvardiola La-Ligada ishlaganda Ispaniya, Bundesligada ishlaganda Germaniya chempion bo‘lgan ekan. Ko‘ramiz, kuzatamiz.
JCh-2018, G guruhi, 2-tur
Angliya – Panama 6:1 (5:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 8 Stounz, 2:0 – 22, penalti Keyn, 3:0 – 36 Lingard, 4:0 – 40 Stounz, 5:0 – 45, penalti Keyn, 6:0 – 62 Keyn, 6:1 – 78 Baloy.
Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Lingard (Delf, 63), Loftus-Chik, Sterling, Xenderson, Tripper (Rouz, 70), Keyn (Vardi, 63).
Panama: Penedo, Torres, Devis, Murilo, Eskobar, Kuper, Gomes (Baloy, 69), Godoy (Avila, 63), Barsenas (Arroyo, 69), Rodriges, Peres.
Ogohlantirishlar: Kuper (10), Loftus-Chik (23), Eskobar (45), Murilo (72).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter