Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonning eng yosh grossmeysteri – Ergash Jumanbulbul avlodi

Jahonning eng yosh grossmeysteri – Ergash Jumanbulbul avlodi

Foto: uzchess.uz

Samarqand viloyat Matbuot uyida tezkor shaxmat bo‘yicha musobaqa davom etmoqda. Unda jahon va Osiyo chempionati g‘olibi, xalqaro grossmeyster Javohir Sindorov ishtirok etmoqda va samarqandlik yosh shaxmatchilar uchun mahorat mashg‘uloti (master-klass) o‘tkazmoqda, deb xabar berdi «Zarnews.uz».

Caption

— Samarqand zaminida yashab, ijod qilgan mashhur oqin Ergash Jumanbulbul o‘g‘li avlodi ekanimdan faxrlanaman, — deydi Javohir Sindorov. — Shuning uchun bu tabarruk ota yurtimga kelish, bu yerda tengdoshlarim bilan suhbatlashish, ularga bilganlarimni o‘rgatish, shaxmat doskasi orqali bahslashish menga huzur bag‘ishlaydi.

Jahonning eng yosh grossmeysteri musobaqa davomida, shuningdek, yaqinda Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasi va unda erishgan muvaffaqiyatlari haqida ham gapirib berdi.

Jumladan, yosh shaxmatchilarimizning bu yutug‘ini Shavkat Mirziyoyev kecha, 7-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ham alohida e’tirof etdi.

Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindorov oktyabr oyida xalqaro grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgani haqida «Xabar.uz» portali birinchilardan bo‘lib xabar bergan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev jahonning eng yosh xalqaro grossmeysteri Javohir Sindarovga tabrik yo‘llab, uni 3 xonali uy bilan taqdirlangandi.

E’tiborlisi, bugun, 8-dekabr kuni Sindorovlar oilasida qo‘shaloq bayram ekan. Javohir Sindorov o‘zining 13 yoshini qarshi olmoqda. «Xabar.uz» portali yosh iqtidor egasini tavallud kuni bilan muborakbod etadi. Unga kelgusida bundan-da yuksak yutuqlar tilab qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring