Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyadan tortib olingan JCh mezbonligi Argentinaga berildi

Indoneziyadan tortib olingan JCh mezbonligi Argentinaga berildi

Futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga Argentina mezbonlik qiladi. Bu haqda FIFA rasman ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, musobaqaning sanasi o‘zgartirilmaydi: turnir joriy yilning 20 mayidan 11 iyuniga qadar o‘tkaziladi. Qur’a tashlash marosimi 21 aprel kuni Syurixda bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada 24 ta jamoa ishtirok etadi. Osiyo Kubogidagi g‘oliblik orqali yo‘llanmaga ega bo‘lgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi uchinchi savatchadan joy oladi.

Qur’a oldidan savatchalar quyidagi ko‘rinishni oladi:

  • Birinchi savatcha: Argentina (mezbon), Urugvay, AQSh, Fransiya, Senegal, Italiya;
  • Ikkinchi savatcha: Angliya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador;
  • Uchinchi savatcha: Nigeriya, Yaponiya, O‘zbekiston, Iroq, Gonduras, Fiji;
  • To‘rtinchi savatcha: Gvatemala, Dominikan, Gambiya, Isroil, Slovakiya, Tunis.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa Indoneziyada o‘tishi belgilangandi. Biroq FIFA mart oyi so‘ngida mamlakatni mezbonlik huquqidan mahrum qildi. Indoneziyaning ayrim shaharlari o‘z hududiga Isroil terma jamoasini kiritmasligini aytganidan keyin, FIFA shunday qarorga kelgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring