Ilk marta kamondan o‘q otish bo‘yicha Olimpiada yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi
Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan Parij-2024 litsenzion turnirida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida yakkalik dasturida bahs olib borgan Ziyodaxon Abdusattorova finalgacha yetib borib, Olimpiada ishtirokchisiga aylandi. Reglamentga ko‘ra, yakkalik yo‘nalishida o‘tayotgan ushbu turnirda finalchilar Parij-2024 yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi.
Shu tariqa, kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasiga sazovor bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter