Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

II MDH o‘yinlari yakunlandi. O‘zbekiston 3-o‘rinni egalladi

II MDH o‘yinlari yakunlandi. O‘zbekiston 3-o‘rinni egalladi

Joriy yilning 4 avgust kuni Belarusda start olgan ikkinchi MDH o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston delegatsiyasi unda 28 ta oltin, 25 ta kumush va 53 ta bronza, jami 106 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Belarus mamlakatlaridan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.

Ochiq formatda o‘tgan mazkur musobaqada MDH mamlakatlaridan tashqari 13 davlat vakillari o‘z omadini sinab ko‘rishdi. Umumiy hisobda, bu yilgi o‘yinlarda 20 sport turida 246 ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi.

Kecha, 13 avgust kuni musobaqaning tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida musobaqa bayrog‘i 2025 yil o‘tkaziladigan uchinchi MDH o‘yinlari mezboni Ozarbayjonga topshirildi.

Yakuniy kun dasturida quyidagi hamyurtlarimiz shohsupadan joy olishdi:

Oltin:

Qobuljon Ahmedov (-64 kg, sambo)

Ixtiyor Eshmurodov (-98 kg, sambo)

Nazina Abdullayeva (-45 kg, muay-tay)

Anisjon Hakimov (-57 kg, muay-tay)

Kumush:

Muxlisaxon Qodirberganova (-65 kg, sambo)

Jasmina Immayeva (-53 kg, ayollar kurashi)

Sevinch Toshpo‘latova (-67 kg, muay-tay)

Zubayr Husanov (-54 kg, muay-tay)

Muxlisbek G‘anijonov (-67 kg, muay-tay)

Abdulfattoh Aliakbarov (-71 kg, muay-tay)

Alisulton Hojiyev (-84 kg, karate)

Bonu Egamberdiyeva (-68 kg, karate)

Mohlaroyim Hakimjonova (+68 kg, karate)

Bronza:

Voleybol bo‘yicha yigitlar terma jamoamiz

Madina Salohiddinova (-80 kg, sambo)

Charos Ozodova (+80 kg, sambo)

Nigina Sobirova (-62 kg, ayollar kurashi)

Feruza Esenbayeva (-68 kg, ayollar kurashi)

Anastasiya Zayseva (-51 kg, muay-tay)

Aziza Ma’murova (-60 kg, muay-tay)

Davlat Shamsiyev (-60 kg, muay-tay)

Ilyos G‘ulomjonov (-63.5 kg, muay-tay)

Rahmatjon Xodjayev (-75 kg, muay-tay)

Samandar Abdiyev (kata, karate)

Zulxumor Tursunaliyeva (-61 kg, karate)

Iroda Akbarova (-68 kg, karate)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring