Haqiqiy muxlis sevimli jamoasiga o‘yinchi sotib olish uchun pul yig‘moqda
«Manchester Yunayted» muxlisi sevimli klubiga «Borussiya Dortmund» yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni sotib olishga yordam berishga qaror qildi. Metyu Kelli ismli yigit GoFundMe portalida sahifasini ochib: «Jeydon Sanchoni sotib olishga MYuga ko‘maklashing», deb yozib qo‘ydi.
«Ed Vudvords va Gleyzerlar («Manchester Yunayted» egalari) Jeydon Sanchoni sotib olishga qodir emas. Nanidan keyin o‘ng tomonda o‘ynaydigan hujumchimiz qolmadi», — deya ta’kidlagan «Qizil iblislar» muxlisi.
Uning aytishicha, transfer uchun pul yig‘moqda. Chunki manchesterliklar «g‘alati sabablarga ko‘ra bunga qodir emas».
Kellining maqsadi — 108 million funt to‘plash. Hozirgi kunda 300 funt sterling xayriya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Sancho «Borussiya» safida 44 ta o‘yin o‘tkazib, ularda 20 ta gol urishga va 20 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi. Jurnalistlar britaniyalikning MYu safiga o‘tishi haqida avgustning boshlarida yoza boshlagandilar. Biroq transfer hali ham amalga oshgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter