FIFA va UEFA Rossiya milliy jamoasi hamda klublarini barcha xalqaro turnirlardan haydadi
FIFA va UEFA o‘zaro kelishib, Ukrainadagi harbiy vaziyat ortidan, Rossiya futboliga jiddiy sanksiyalar qo‘lladi.
FIFA futbol bo‘yicha Rossiya milliy jamoalarini barcha xalqaro turnirlardan chetlatdi. Masalan, jahon chempionatining pley-off bosqichida Polshaga qarshi to‘p surishi kerak bo‘lgan Rossiya muddatidan avval Qatar-2022 yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.
UEFA qo‘llagan cheklovlar ham yuqoridagidan qolishmaydi: rus klublari yoppasiga barcha xalqaro turnirlardan badarg‘a qilindi. Endi, masalan, Yevropa ligasi 1/8 finalida Moskvaning «Spartak» klubi «Leypsig» (Germaniya) bilan o‘ynamaydi, nemislar keyingi bosqichda!
Sundoq ham Polsha, Shvetsiya, Chexiya, Albaniya, Irlandiya, Shveysariya va Angliya milliy jamoalari Rossiyaga qarshi o‘ynashni istamagandi.
Hozirgacha FIFA Rossiyani «ayab», xalqaro turnirlarda davlat nomi (o‘rniga Rossiya futbol ittifoqi), bayrog‘i va madhiyasidan foydalanish huquqidan mahrum qilgandi. So‘nggi zarba — eng kuchli zarba...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter