Faqat kinolarda bo‘ladi: so‘nggi soniyada 19 metrdan yo‘llangan to‘p «Yangi Orlean»ga g‘alaba keltirdi (video)
O‘tgan tun Milliy basketbol ligasi (NBA) doirasida «Yangi Orlean» va «Oklaxoma» o‘rtasidagi bahs dramatik kurashlarga boy bo‘ldi.
Hisob 110:110 ko‘rinishiga kelgan bir paytda, so‘nggi soniyada mezbonlar basketbolchisi Devonte Grem 18,6 metrdan yo‘llagan to‘p nishonga aniq borib tushib, jamoasiga qimmatli ochkolarni keltirdi. Yakuniy hisob — 113:110.
Ta’kidlash kerakki, bu NBAning so‘nggi 25 yillik tarixidagi eng uzoqdan nishonga tushirish bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter