Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur basketbolchi va uning o‘g‘li sudga berildi

Mashhur basketbolchi va uning o‘g‘li sudga berildi

Ikki nafar ayol Milliy Basketbol Assotsiatsiyasida o‘ynovchi (NBA) «Los-Anjeles Leykers» klubining amerikalik basketbolchilari Lebron Jeyms va uning o‘g‘li Bronni ustidan sudga murojaat qildi. Bu haqda TMZ SPorts xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, sportchilar 2022-yilda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada ayblangan. Jeymsning mashinasi Little-Rok shossesida ayollar mashinasiga borib urilgan.

23-oktyabr kuni ushbu basketbolchilar o‘ziga xos yutuqni qo‘lga kiritishdi. «Minnesota Timbervolves»ga qarshi o‘yinning ikkinchi choragida jamoa hujumchisi Lebron Jeyms va yangi o‘yinchi Bronni Jeyms bir vaqtning o‘zida maydonga chiqishdi. Bu NBA tarixida birinchi marta ota va o‘g‘ilning bir maydonda o‘ynashi bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring