Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa chempionatlaridagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar aniqlandi

Yevropa chempionatlaridagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar aniqlandi

Foto: «Goal.com»

Fransiyaning «L’Équipe» nashri «ko‘hna qit’a»ning kuchli besh chempionatida to‘p suruvchi futbolchilar orasidan eng ko‘p maosh oluvchilarini aniqladi. Bunda soliqqacha bo‘lgan pullar hisoblab chiqildi.

«Barselona» yetakchisi Lionel Messi hammadan ko‘p maosh oladi: unga oyiga 8,3 million yevro (soliqlarsiz hisoblaganda) to‘lanadi.

«Yuventus» Krishtianu Ronalduga oyiga 4,7 million yevro to‘laydi. Anglash qiyinmaski, portugal yulduzining oyligi Messinikidan qariyb ikki karra oz.

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann ham kuchli uchlikda — oyiga 3,3 million yevro brutto.

Top-10

  1. Lionel Messi («Barselona») — 8,3 mln. yevro (oyiga)
  2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 4,7 mln. yevro
  3. Antuan Grizmann («Atletiko») — 3,3 mln. yevro
  4. Neymar («PSJ») — 3,06 mln. yevro
  5. Luis Suares («Barselona») — 2,9 mln. yevro
  6. Garet Beyl («Real») — 2,5 mln. yevro
  7. Filippe Koutino («Barselona») — 2,3 mln. yevro
  8. Aleksis Sanches («MYu») — 2,28 mln. yevro
  9. Kilian Mbappe («PSJ») — 1,73 mln. yevro
  10. Mesut O‘zil («Arsenal») — 1,6 mln. yevro.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring