Yevropa chempionatlaridagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar aniqlandi
Fransiyaning «L’Équipe» nashri «ko‘hna qit’a»ning kuchli besh chempionatida to‘p suruvchi futbolchilar orasidan eng ko‘p maosh oluvchilarini aniqladi. Bunda soliqqacha bo‘lgan pullar hisoblab chiqildi.
«Barselona» yetakchisi Lionel Messi hammadan ko‘p maosh oladi: unga oyiga 8,3 million yevro (soliqlarsiz hisoblaganda) to‘lanadi.
«Yuventus» Krishtianu Ronalduga oyiga 4,7 million yevro to‘laydi. Anglash qiyinmaski, portugal yulduzining oyligi Messinikidan qariyb ikki karra oz.
«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann ham kuchli uchlikda — oyiga 3,3 million yevro brutto.
Top-10
- Lionel Messi («Barselona») — 8,3 mln. yevro (oyiga)
- Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 4,7 mln. yevro
- Antuan Grizmann («Atletiko») — 3,3 mln. yevro
- Neymar («PSJ») — 3,06 mln. yevro
- Luis Suares («Barselona») — 2,9 mln. yevro
- Garet Beyl («Real») — 2,5 mln. yevro
- Filippe Koutino («Barselona») — 2,3 mln. yevro
- Aleksis Sanches («MYu») — 2,28 mln. yevro
- Kilian Mbappe («PSJ») — 1,73 mln. yevro
- Mesut O‘zil («Arsenal») — 1,6 mln. yevro.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter