Ertaga «Avtomobilsiz kun»: Aziz Abduhakimov rahbarlarni namuna bo‘lishga chaqirdi
22-sentyabr — «Xalqaro avtomobilsiz kun» deb e’lon qilingan va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ushbu kunda turli aksiyalar o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan Bosh vazir o‘rinbosari — Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov davlat tashkilotlari rahbarlarini shaxsiy namuna ko‘rsatib, ertangi «Avtomobilsiz kun» aksiyasida faol ishtirok etishga chaqirdi.
«Shu bilan birga, ilm-fan, madaniyat va sport sohalari xodimlari hamda OAV vakillarini, qolaversa barcha yurtdoshlarimizni shu kuni ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etishga hamda bir kun davomida avtomobil o‘rniga velosipeddan foydalanish yoki piyoda harakatlanishga chorlab qolaman», — deyiladi murojaatda.
Ertaga butun respublika bo‘ylab velosiped, skeyt va samokatlarda uchish musobaqalari tashkil etiladi. Eng faol qatnashganlarga velosiped hamda sport ekipirovkalari sovg‘a qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter