Eldor Shomurodov O‘zbekistonning eng qimmat o‘yinchisiga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer bahosi 2019 yilda sezilarli darajada yuqoriladi.
«Transfermarkt» portalining ma’lumot berishicha, 24 yoshli hamyurtimiz bugungi holat bo‘yicha 6,5 mln yevroga baholanyapti. 2019-yilning fevral oyida futbolchi 1 mln yevroga baholangandi.
O‘zbekistonlik futbolchilar orasida Shomurodovdan keyin ikkinchi pog‘onada Xitoyning «Shanxay SIPG» futbolchisi Odil Ahmedov boryapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter