Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ektor Kuperning O‘zbekistondagi debyuti durang bilan boshlandi

Ektor Kuperning O‘zbekistondagi debyuti durang bilan boshlandi

Foto: «Uff.uz»

Bugun, 6-sentabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligidagi ilk o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. «Milliy» stadionida Suriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi va 1:1 hisobida durang qayd etishdi.

Ushbu o‘yinda Ignatiy Nesterov o‘zining 100-yubiley o‘yinida maydonga tushdi. Unga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining maxsus sovg‘asi topshirildi.

O‘yinda yaqqol ustun jamoa bo‘lmadi. Raqiblar anchagina dadil harakatlandilar va Nesterovni tez-tez uzoqdan yo‘llangan zarbalar bilan tekshirib turdilar. Faqat 63-daqiqaga kelib, suriyalik himoyachi to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun bosh hakam penalti belgilandi va Marat Bikmayev 11 metrlik nuqtadan raqib pobsonini dog‘da qoldirdi — 1:0.

Keyinchalik 78-daqiqada Umar as-Soma hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinga qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi soniyalarida esa Mirzayevda o‘ta qulay vaziyat yuzaga kelgandi, biroq u yaqin masofadan deyarli bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olmadi.

Shu tariqa, Ektor Kuperning debyuti durang bilan yakunlandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

O‘zbekiston - Suriya 1:1

Gollar: 1:0 – 64 penalti Marat Bikmayev, 1:1 – 78 Umar as-Soma.

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov, Yegor Krimets, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Javlon Ibrohimov (Sardor Sobirxo‘jayev, 46), Otabek Shukurov, Sardor Rashidov (Eldor Shomurodov, 76), Marat Bikmayev (Temurxo‘ja Abduxoliqov, 68), Husniddin G‘ofurov (San’at Shixov, 68), Ivan Nagayev (Sardor Mirzayev, 55).

Suriya: Ibrohim Alma, Nodim Sabog‘, Abdul Malik Alanizan, Jihod al-Baour, Umro al-Midani, Mahmud al-Mavas, Umar as-Soma, Usama Umari (Aias Usmon, 83), Tamir Xoj Muhammad, Muhammad Usmon, Fahad Yusuf.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring