Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeChL, chorak final: So‘nggi daqiqalardagi gollar «PSJ»ga «Atalanta» ustidan g‘alaba keltirdi

YeChL, chorak final: So‘nggi daqiqalardagi gollar «PSJ»ga «Atalanta» ustidan g‘alaba keltirdi

Foto: «Reuters»

Yevropa Chempionlar ligasi chorak finali (pley-off) dastlabki uchrashuvi o‘tkazildi: «PSJ» «Atalanta»ni mag‘lub etib yarimfinalga chiqdi.

Birinchi taym o‘rtalarida Pashalich parijliklar darvozasi yuqori burchagini aniq nishonga oldi.

90-daqiqada Markinos javob to‘pini kiritdi.

93-daqiqada Chupo-Moting Mbappening uzatmasini golga aylantirib, fransuzlar g‘alabasini ta’minladi — «PSJ» yarimfinalda.

Parijliklar YeChL yarimfinaliga 25 yil deganda ilk marotaba chiqishdi. Ular ushbu bosqichda so‘nggi marotaba 1994/1995-yillar mavsumida to‘p surishgan, biroq ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, «Milan»ga imkoniyatni boy berib qo‘yishgan (0:1, 0:2).

«PSJ» joriy mavsumda «Leypsig» — «Atletiko» juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. O‘yin Lissabonda o‘tkaziladi.

Yevropa Chempionlar ligasi. Pley-off. Chorak final

«Atalanta» (Italiya) — «PSJ» (Fransiya) — 1:2

Gollar: Pashalich (27) — Markinos (90), Chupo-Moting (90+3).         

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring