Denis Istomin Ispaniyadagi turnir saralash bosqichining finaliga chiqdi
![Denis Istomin Ispaniyadagi turnir saralash bosqichining finaliga chiqdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1599482169.jpg)
Hamyurtimiz Denis Istomin Ispaniyada sovrin jamg‘armasi 67 960 yevroni tashkil qiluvchi ATP Segovia Challenger turnirida ishtirok etmoqda. O‘zbekistonlik tennischi o‘z ishtirokini saralash bahslaridan boshladi.
24 iyul kuni Istomin saralashning 1/2 finalida braziliyalik Uilson Leytega qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 52 daqiqa davom etgan qiyin bahsda Denis raqibini 5/7, 7/5, 7/5 hisobida mag‘lub etdi. Istomin 15ta eys amalga oshirgan bo‘lsa, Leite faqat bir marta bunga muvaffaq bo‘ldi.
Ayni paytda tennischimiz ATP reytingida 449, Uilson esa 499-o‘rinni egallab turibdi. Bugun Denis asosiy to‘r uchun so‘nggi saralash bahsida germaniyalik Elmar Ejupovichga qarshi maydonga tushadi.
ATP reytingida 386-o‘rinni egallab turgan germaniyalik tennischi saralash bosqichi yarim finalida braziliyalik Tomas Belluchchini 6/7(8), 7/6(5), 7/6(5) hisobida mag‘lub etdi.
Denis Istomin - Elmar Ejupovich uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanishi kutilmoqda.
Denisga omad va bundan keyin ham yaxshi natijalar tilab qolamiz!
Ma’lumot uchun: «O‘zmilliybank» AJ 2020 yildan buyon O‘zbekiston tennis federatsiyasining bosh homiysi bo‘lib, ushbu sport turini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda. «O‘zmilliybank» homiyligida tennischilarimiz tobora ko‘proq g‘alaba qozonishga yordam beradigan ishonchli qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter