Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chempionlar ligasi: «Valensiya» — «Atalanta»: o‘yin arafasida

Chempionlar ligasi: «Valensiya» — «Atalanta»: o‘yin arafasida

Foto: «Reuters»

Bugun, 10-mart kechasi (bizning vaqt bilan 11-mart, tungi soat 01:00 da) «Mestalya»da «Valensiya» (Ispaniya) — «Atalanta» (Italiya) UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi javob uchrashuvini o‘tkazadi.

O‘z uyidagi birinchi uchrashuvda «Atalanta» 4:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Chorak finalga chiqish uchun

«Valensiya» 3:0 hisobida yoki kamida to‘rtta gol farqi bilan g‘alaba qozonishi shart.

«Atalanta»ni istalgan hisobdagi g‘alaba yoki durang qoniqtiradi, hatto mag‘lubiyat ham keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin: buning uchun italiyaliklar uchtadan ko‘p gol o‘tkazib yubormasliklari kerak (4:1 da qo‘shimcha vaqt belgilanadi, 5:2, 6:3 kabi hisoblar — apenninliklar foydasiga, javobsiz 3:0 hisobi esa valensiyaliklarga keyingi bosqichni kafolatlaydi).

Jamoalarning holati

«Valensiya» barcha turnirlarda oxirgi yetti o‘yinning to‘rttasida mag‘lubiyatga uchrab, bittasida g‘alaba qozongan.

«Atalanta» barcha turnirlarda so‘nggi besh o‘yinda g‘alaba qozongan, yetti o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchragan emas.

O‘yinchilarning holati

«Valensiya»ga himoyachilar — Garay, Pichchini, Gabriel, Mangalya, Kosta, yarimhimoyachi Valexo va hujumchi Gomes (jarohatlar) yordam bera olmaydi.

«Atalanta»da himoyachi Toloyning  maydonga tushishi savol ostida turibdi.

Taxminiy tarkiblar:

«Valensiya»: Sillessen — Gayya, Dyaxabi, Koklen, Vass — Gedesh, Parexo, Kondogbiya, Ferran — Rodrigo, Gameyro.

«Atalanta»: Gollini — Palomino, Kaldara, Jimshiti — Xatebur, de Roon, Froyler, Gosens — Gomes — Ilichich, Sapata.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring