«Boshqaruvga loyiq emas» — «So‘g‘diyona» bosh murabbiyi iste’foga chiqarildi
Bugun «So‘g‘diyona» raxbariyati klub ofisida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi. Unda jamoaning qoniqarsiz natijalari muhokama qilindi. Bu haqda klubning «Telegramm»dagi kanali xabar berdi.
«Aleksandr Mochinov jamoani mavsumga o‘zi tayyorladi va u o‘zi tanlagan futbolchilarni jamoaga jalb qildi.
Mavsum boshidan buyon jamoa bor yo‘g‘i 1 ochkoni qo‘lga kiritdi. Raqib darvozasi ham 1 marotaba ishg‘ol qilindi. Murabbiyga beshinchi turga qadar berilgan ishonch o‘zini oqlamadi. «Metallurg»ga qarshi bahs Aleksandr Mochinov uchun so‘nggi imkoniyat edi. Bu uchrashuvda ham o‘zgarish sezilmadi.
Shundan kelib chiqib, jamoa raxbariyati Aleksandr Mochinovni «So‘g‘diyona» boshqaruviga loyiq emas deb hisoblab, iste’foga chiqardi», — deyiladi klub xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, «So‘g‘diyona» klubida moliyaviy tomondan hech qanday muammo yo‘q. Murabbiylar shtabi va barcha futbolchilarning oylik ish haqlari o‘z vaqtida berib borilmoqda.
Jamoa ertadan «Navbahor»ga qarshi tayyorgarlikni boshlaydi. Tez orada bosh murabbiy nomi e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter