Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona viloyati hokimligi bokschi Mirazizbek Mirzaxalilovga yangi uy sovg‘a qildi

Farg‘ona viloyati hokimligi bokschi Mirazizbek Mirzaxalilovga yangi uy sovg‘a qildi

Foto:«O‘zA»

Boks bo‘yicha jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilovga Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan Farg‘ona shahar markazidan yangi xonadon berildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Joriy yilning 6-22-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari o‘rtasida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Chempionatning 57 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Mirazizbek Mirzaxalilov final uchrashuvida uch karra jahon chempioni va Olimpiada o‘yinlari sovrindori kubalik raqibini mag‘lub etib, jahon chempioniga aylandi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 27-sentyabrdagi farmoni bilan Mirazizbek Mirzaxalilov ham «O‘zbekiston iftixori» unvoni bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, yana bir chempion Bahodir Jalolovga Toshkent shahridan xonadon hadya etilgan edi. Bundan tashqari Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Jalolovga 200 million so‘m bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring