Bekxem orzusini yashirib o‘tirmadi
«Manchester Yunayted» va «Real»ning sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasini boshqarish bo‘yicha taklifni jon deb o‘ylab ko‘rishini tan oldi, deya xabar berdi «RIA Novosti».
Bekxem o‘z karerasini 2013 yilda tugatgan. U Angliya terma jamoasi safida 1996 — 2009-yillar davomida 115 ta o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga 17 ta gol yozib qo‘ygan.
Taniqli futbolchi 2010 yil JARda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Angliya termasining Fabio Kapello trenerlar shtabiga kiritilgan. Chunki u jarohatlari tufayli o‘yinchi sifatida musobaqada qatnasholmagan.
«Agar menga Angliya terma jamoasini boshqarishni taklif etishsa, bu imkoniyatni ko‘rib chiqardim. Men milliy termaga ishtiyoqmand jo‘shqin angliyalikman. Biroq mendan yaxshi murabbiy chiqarmikan? — deya Bekxemning so‘zlarini keltirgan GQ. — Bu mening orzuim. Lekin ayni paytda Garet Saugteyt termada juda zo‘r ishlarni amalga oshirmoqda. U jamoaga shodlik va shijoatni qaytardi. Fanatlar, jumladan, men ham terma jamoa o‘yinidan zavq olyapman».
2018 yil jahon chempionatida Angliya terma jamoasi yarim finalga yetib bordi: Xorvatiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan o‘yinda Belgiyaga 0:2 hisobida imkoniyatdan qo‘ldan boy berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter