Anxel Di Mariya olti o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
«Pari Sen-Jermen» yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya olti o‘yinga chetlatilishi mumkin. Jiddiy jazo, ammo qilmishga yarasha: argentinalik futbolchi raqibiga tupurgan.
Fransiya chempionatining uchinchi turida «PSJ» o‘z maydonida «Marsel»ni qabul qilgan o‘yinda ikki jamoa o‘yinchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqandi. O‘sha paytda Di Mariya raqib himoyachisi Alvaro Gonsalesga qarab tupurgani videokameralarga tushib qolgan.
Endi Di Mariya oltita o‘yinni tomoshabinlar qatorida kuzatishi mumkin. Xuddi shu o‘yinda maydondan chetlatilgan Neymar kabi (braziliyalik yettita o‘yinga chetlatishi kutilyapti).
Amaldagi chempion uchun yangi mavsum xayrli boshlanmadi, ikki o‘yinda ikki mag‘lubiyat: ochkolar — nul, gollar — nul, kamiga yetakchi o‘yinchilarisiz qolishi xavfi bor, so‘nggi so‘zni Fransiya futbol federatsiyasi aytadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter