Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya futbol assotsiatsiyasi jahon chempionatining boykot qilinishiga qarshi

Angliya futbol assotsiatsiyasi jahon chempionatining boykot qilinishiga qarshi

Foto: Reyters

Angliya futbol asotsiatsiyasi Buyuk Britaniya hukumatining Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi jahon chempionatini boykot qilish haqidagi qaroriga qarshi chiqdi. Bu haqda «Euronews» telekanali xabar bermoqda.

Tashkilotning bayonotida ta’kidlanishicha, AFA chempionatni boykot qilishga qaratilgan har qanday chaqiriqqa qarshi turadi. Chunki ingliz futboli mutasaddilari sportning siyosiylashuviga butunlay qarshidir.

Tashkilot agar Tashqi ishlar vazirligi delegatsiya uchun xavf borligini aniqlasa o‘z pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini ham ma’lum qilgan.

O‘z navbatida, oldinroq Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Skripal voqeasidan keyin Buyuk Britaniya vakillarining ushbu musobaqada odatiy tarzda qatnashishini tasavvur qilish juda qiyinligini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Buyuk Britaniyada rossiyalik sobiq josus Sergey Skripalning zaharlanishi tufayli Rossiya hamda Buyuk Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar biroz taranglashib turibdi. Qirollik tomoni ushbu hodisada Rossiya hukumatini ayblamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring