Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amaldagi Jahon chempioni Braziliyani yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Amaldagi Jahon chempioni Braziliyani yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Bugun, 26-mart kuni tongda Janubiy Amerika qit’asida 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bahslari doirasida Argentina o‘z maydonida Braziliyani qabul qildi va yirik, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Jahon chempionati 2026. Janubiy Amerika qit’asi saralash bosqichi 14-tur:

Argentina 4:1 Braziliya

Gollar: Xulian Alvares 4, Enso Fernandes 12, Aleksis MakAallister 37, Juliano Simeone 71, Mateus Kunya 26.

Tarkiblar:

Argentina

23. Emiliano Martines 3. Nikolas Talyafiko(Fakundo Medina. 76) 13. Kristian Romero 16. Nauel Molina 19. Nikolas Otamendi (c) 5. Leandro Paredes (Ezekiel Palasios. 82) 7. Rodrigo De Paul 8. Enso Fernandes 11. Tyago Almada (Juliano Simeone. 68) 20. Aleksis MakAllister 9. Xulian Alvares(Anxel Korrea. 82).

Braziliya

12. Bento Krepski 4. Markinos (c) 6. Gilerme Arana 13. Vesley 14. Murillo (Leo Ortis. 46) 10. Rodrigo (Endrik. 46) 11. Rafinya 17. Joelinton (Gomes. 46) 18. Andre (Ederson. 84) 21. Mateus Kunya(Savio. 46) 7. Vinisius Junior.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Albeseleste»  ochkolari sonini 31 taga yetkazib muddatidan oldin mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring