Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov «Milan» xo‘jayiniga aylanishi mumkin

Alisher Usmonov «Milan» xo‘jayiniga aylanishi mumkin

Foto: «Novostivmire.com»

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan biznesmen Alisher Usmonov «Milan» xo‘jayiniga aylanishi mumkin. Bu haqda italyan nashrlari xabar bermoqda.

«Calciomercato.com» nashrida yozilishicha, hozirda moliyaviy muammolar girdobida qolgan «Milan» xo‘jayini xitoylik Li Yunxun klubni sotishga qaror qilsa, uni xarid qilish uchun eng asosiy da’vogar Usmonov bo‘lib turibdi. Xitoylik biznesmen «Elliott Management» fondidan 303 million yevro qarzdor, agar u shuncha pulni to‘lab bera olmasa, klub fondga o‘tadi. Usmonov esa fond direktori Pol Singer bilan yaqin tanish.

Shuningdek, Usmonov «Sevilya»ni sotib olishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan. 2017 yilda esa u «Anderlext» bilan ham qiziqib ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov hozirda «Arsenal» klubining 29,25 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Agar u Yevropa klublaridan birini sotib olsa, London klubidagi ulushidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Chunki UYeFA qoidalariga ko‘ra, bir kishi bitta musobaqada ishtirok etishi mumkin bo‘lgan bir necha klublarning egasi bo‘lishi mumkin emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring