Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinov yana shohsupaga ko‘tarildi
Xiva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligi o‘z yakuniga yetdi. So‘nggi kun dasturida og‘ir vaznli polvonlar o‘zaro bahs olib borishdi.
Ahamiyatli tomoni, bu musobaqada Akbar Jo‘rayev eng og‘ir vazn toifasi, ya’ni +109 kgda ishtirok etdi. Tokio-2020 chempioni va rekordchisi dast ko‘tarishda 185 kg, siltab ko‘tarishda 232 kg va ikki kurash bo‘yicha 417 kg natija ko‘rsatdi.
Shuningdek, Rio-2016 chempioni Ruslan Nurudinov -109 kg vaznda yana bir karra mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Og‘ir vazn toifalarida chempionlarimiz qayd etilgan natijalar:
-96 kg: Hojiakbar Olimov (Samarqand) – 328 (150+178) kg
-102 kg: Sunnat O‘sarov (Toshkent vil) – 371 (170+201) kg
-109 kg: Ruslan Nurudinov (Andijon) – 415 (185+230) kg
+109 kg: Akbar Jo‘rayev (Toshkent vil) – 417 (185+232) kg
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter