Aguero ko‘z yoshi bilan: «Futbol o‘ynashni to‘xtatishga qaror qildim»
«Barselona»ning argentinalik hujumchisi futbolchilik faoliyatiga nuqta qo‘yishga majbur bo‘ldi.
«Men professional futbolni tark etishga qaror qildim», deb boshladi Serxio Aguero biroz avval bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. U bu so‘zlarni aytarkan, ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.
Argentinalik hujumchi «birinchi navbatda sog‘lig‘i» ekanini ta’kidladi va qo‘shimcha qildi: «Nima uchun bunday qarorga kelganimni yaxshi bilasiz. Menga shifokorlar futbolni to‘xtatishim kerakligini aytishdi. Men o‘tkazgan faoliyatimdan juda faxrlanaman».
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» hujumchisi Serxio Aguero La Liganing 12-turidan o‘rin olgan «Alaves»ga qarshi o‘yinning (1:1) birinchi bo‘limida o‘zini yomon his qilib, kutilmaganda maydonga yiqiladi va tibbiyot xodimlari yordami bilan maydonni tark etadi.
Shundan keyin uning yuragida muammo borligi aniqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter